Rasmiy munosabat

Joriy yilning 25 yanvar kuni internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida ekin ekilgan maydonlar shudgorlab tashlanayotganligi to‘g‘risida materiallar e’lon qilindi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘zbekiston Respyblikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi 505-sonli hamda viloyat hokimining 2022 yil 22 iyuldagi 429-8-0-Q/22-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, Denov tumani hokimining 2022 yil 25 iyuldagi 850-8-111-Q/22-sonli qarori bilan tumanda 2023 yil hosili uchun  8 ming 788 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 oktabrdagi “2023 yil hosili uchun kuzgi shudgorlashni uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Surxondaryo viloyati hokimining 2022 yil 4 noyabrdagi yig‘ilish bayonlari bilan 2023 yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini yakunlash va 10 dekabrga qadar shudgorlangan maydonlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Tumanda ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlardan bo‘shagan yer maydonlarini noyabr oyida shudgorlash tadbirlari o‘tkazildi. Ammo, ekinlar egalariga muddat berilishiga qaramasdan ayrim maydonlarda sabzavot ekinlari hosili yig‘ib olinmagan va shudgorlash ishlari bajarilmagan.

Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlangan anomal sovuq dalalardagi ayrim sabzavot ekinlariga salbiy ta’sir qilib, sovuq urushiga olib keldi.

Tumandagi fermer xo‘jaliklari 2023 yil paxta hosili uchun chigit ekishga yerlarni tayyorlash, bundan tashqari sovuqdan zararlangan ekinlarni saqlab turishdan foyda yo‘qligini anglagan holda yer maydonlarini ixtiyoriy ravishda shudgorlamoqda.

Ekinni yig‘ib olishga muddat berilishiga qaramasdan, mahsulotlar yig‘ib olinmagan. Natijada shudgorlash ishlarining kechikishi va o‘z vaqtida bajarilmasligi sababli paxta hosildorligining pasayishiga va pirovardida faqatgina fermer iqtisodiy zarar ko‘rishiga olib keladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.