Tadbirkorlarning muammolari va kreditlarning qaytarilmaslik sabablari o‘rganildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi, Farmon, qaror va topshiriqlari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratilib, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kengaytirish va rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilib, mablag‘ manbai bilan ta’minlanmoqda.

Ammo, ayrim jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ajrtilgan kredit mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanilganligi natijasida ularni o‘z vaqtida qaytarishda muammolar yuzaga kelgan. Bu esa navbatida tijorat banklarida kredit resurslarining kamayishiga, yangi kredit liniyalarini mablag‘ bilan ta’minlash va tadbirkorlarga kredit ajratishda muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Bugun viloyat hokimligida kreditlarni qaytarishda mavjud muammolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va tijorat banlari vakillari ishtirokida mavjud muammolar va kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini o‘rganish maqsadida muhokama o‘tkazildi.

Muammoli krediti mavjud tadbirkorlarning har biri bilan suhbat o‘tkazilib, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda ajratilgan kreditni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Mas’ullar va tijorat banklari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga muammoli kreditlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.