Tadbirkorlar qabuli oʼtkazildi

Tadbirkorlar qabuli oʼtkazildi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash, real daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois Surxondaryo viloyatida ham tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va toʼsiqlarni tezkor bartaraf qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimovning bugun, 27 fevralь kuni viloyat, tuman va shahar hokimining tegishli oʼrinbosarlari, mutasaddi viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida oʼtkazilgan “Tadbirkorlar qabuli”da ham 30 ga yaqin xususiy sektor vakillarining murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha oʼrganildi.

Murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun tijorat bankidan kredit, subsidiya mablagʼlari ajratish, auktsiondan olingan maydonlarni hujjatlashtirish, olingan kredit mudatlarini uzaytirish, xoʼjalik yurituvchi subьektlarga koʼrsatilgan xizmat va berilgan mahsulot uchun toʼlanmay qolgan mablagʼni undirish kabi masalalar bilan bogʼliq boʼldi.

Qabul davomida tadbirkorlardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʼlsa, yechimi maʼlum vaqt talab etadigan masalalar boʼyicha soha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Barcha murojaatlarning ijrosi viloyat hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Maʼlumot oʼrnida, haftaning har dushanba kunlari oʼtkaziladigan “Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun dushanbadan juma kuniga qadar soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (+99876) 225 12 37, (+99891) 585 02 42, (+99890) 645 53 80 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.