Dala chetlaridan foydalanish samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mas’ullar bilan birgalikda Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, jumladan, dala chetlaridan samarali foydalanish, g‘allani oziqlantirish, g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda orqada qolayotgan hududlarni o‘rgandi.


Ayrim dalalarda ishlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi sababli g‘alla rivoji ortda qolgan, unib chiqqan g‘o‘za maydonlarini begona o‘tlardan tozalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Dala chetlaridan samarali foydalanish, tut va tok ko‘chatlari, oshqovoq va boshqa oziq-ovqat ekinlari ekish, parrandachilik hamda asalarichilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan bo‘lishiga qaramay bu boradagi ishlar ham talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan.


Viloyat rahbari hududlardagi kamchiliklarni o‘rganish davomida soha mutasaddilari va hududlar rahbarlarining bu boradagi ishlarni yetarli nazorat qilmaganligi, mas’ullar tomonidan belgilangan tadbirlar o‘z muddatida amalga oshirilmaganligini tanqid qildi va aybdorlarga nisbatan choralar ko‘rilishi belgilandi.


Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilanib, viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan ikki kun muddatda ijrosi qayta o‘rganilishi ma’lum qilindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz