Diniy soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Sariosiyo tumanida viloyatdagi diniy soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat hokimi Ramazon oyida Surxondaryoning o‘ziga xos tajribasiga aylangan iftorlik tadbirlarida faol ishtirok etib, kam ta’minlangan oilalar xonadonlariga borgan holda ularning ko‘nglini ko‘tarish, xayrli tadbirlarning o‘tkazilishida faollik va o‘rnak ko‘rsatgan diniy soha vakillari, imomlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so‘ng shahar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalari boshliqlari hamda qabriston va ziyoratgohlar mas’ullari ishtirokida obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Bu borada hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilganligini e’tirof etildi. Shu bilan birga ayrim qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlari sust olib borilayotganligi tanqid qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.