Navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, 4 va 5-toifadagi tumanlarning iqtisodiy faollik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda viloyatda bandlik dasturi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda 682 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralariga 20,5 mVt quyosh panellari o‘rnatish rejasi, 9,9 mVt yoki 48 foizga bajarilgan. Biroq, bu ko‘rsatkich Termiz tumanida 22 foiz, Sho‘rchi va Angor tumanida 33 foizni tashkil etadi. Bandlik dasturiga asosan joriy yilning 1-choragida 74 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan, ammo, 24 745 tasi (33,2 foizi) soliq bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Qiziriq, Bandixon, Oltinsoy tumanlari 5 toifaga va Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi tumani 4 toifaga kiritilgan. Biroq, berilgan imtiyozlar va yengilliklarga qaramasdan mazkur hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga ishsizlikni kamaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘zlangan natijalarga erishilmayapti.

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Amalga oshirilgan ishlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamaganligi uchun Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga hamda bandlik dasturi ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Bandixon, Uzun, Denov va Bandixon tumanlari mas’ullariga “hayfsan” berildi. Shuningdek, Oltinsoy, Boysun, Termiz, Sho‘rchi va Sherobod tumanlarining bandlik bo‘yicha mas’ullariga qat’iy ogohlantirish berildi.

Yakunda mas’ullarga kelgusidagi vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.