Ta’ziya
Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri Raxmatov Jurabek Saidovichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Raxmatov Jurabek Saidovich ko‘p yillar moliya va bank sohasining yetuk mutaxassisi sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, bank tizimida faoliyat yuritgan. 2022 yilning noyabr oyidan Surxondaryo viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri sifatida tizimda fidokorona mehnat qildi.
Mehnatsevar, samimiy va kamtarin, halol va bilimdon inson sifatida viloyat hokimligi jamoasi hurmatini qozongan Jurabek Raxmatovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz