Ijro intizomi tanqidiy-tahlil qilindi, qator mas’ullarga keskin choralar ko‘rildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarga tashrif davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro uchun yuborilgan topshiriqlarning bajarilishi, ijro intizomida barcha darajadagi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganish ishlari jarayonlarida aniq muddat bilan ijrochilarga vazifalar berilgan bo‘lishiga qaramay qator topshiriqlar ijrosi bugungi kunga qadar bajarilmagan. Xususan, viloyat hokimining o‘rinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi ta’minlanmagan. Ushbu topshiriqlar tahlil qilinganda “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning hududiy korxonalari tomonidan 3 ta, “Surxondaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti 3 ta, “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 2 ta topshiriq ijrosi bajarilmagan.

Yig‘ilish davomida topshiriqlar ijrosi sohalar, yo‘nalishlar va hududlar kesimida tahlil qilindi. Ijro intizomini o‘z holiga tashlab qo‘ygan mas’ullarga, xususan, viloyat hokimining o‘rinbosarlariga ogohlantirish, qishloq xo‘jaligi majmuasi kotibiyat mudiri, “Surxondaryo HETK” AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari bo‘limlari, “Surxondaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti, “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ, “Suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi bo‘yicha” IK Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Hududgazta’minot” viloyat filiali, “O‘zneftgazinpeksiya” va “O‘zenergonazorat” inspeksiyasi viloyat bo‘limlari rahbarlariga, qator hududlarda tuman hokimlarining o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash topshirig‘i berildi.

Mutasaddilar har bir topshiriq va aholi murojaatlari bilan ishlashga jiddiy mas’uliyat bilan yondoshishi lozimligi ta’kidlanib, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.