Xushxabar: Surxondaryolik pillakorlar respublikada birinchilardan bo‘lib shartnoma rejasini bajarishdi

Surxon vohasining mirishkor pillakorlari 33 ming 794 quti ipak qurtidan 1 ming 960 tonnadan ortiq “kumush tola” hosilini yig‘ib, respublikada birinchilardan bo‘lib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.

Pillakorlarning say-harakatlari va mashaqqatli mehnatlari sabab har bir qutidan o‘rtacha 58 kilogramm hosil olinishiga erishildi. Bunda yangi, serhosil, voha iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan mahalliy navlarning parvarishlangani yuqori hosildorlik garovi bo‘ldi. Natijada eng ilg‘or pillakorlarimiz bir qutidan 90 kilogrammgacha hosil olishga erishishdi.

Hozirda viloyatdagi qabul punktlariga pilla hosilini topshirish jarayonlari davom etmoqda.

Vohamiz ahli va mirishkor “kumush tola” yetishtiruvchilarini erishilgan yutuq va zabt etilgan marra bilan muborakbod etamiz.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.