Sherobodda topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida Sherobod tumanida bo‘lib, markaziy dehqon bozorida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Topshiriqqa muvofiq bozor hududida avtoturagoh tashkil etish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, hududni tartibga keltirish, yer osti tunnelini ishga tushirish, sotuvchi va xaridorlar uchun sharoitlar yaratish ishlari amalga oshirilgan. Viloyat rahbari har bir bajarilgan ishni mas’ullar bilan birga o‘rganib chiqdi.

Shuningdek, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashib, mahsulotlarning narx-navosi hamda bozordagi qulayliklar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi. Ayrim tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni batafsil o‘rganib chiqib, qonuniy yechimini topish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.