Termiz shahrida 300 oʼrinli “Tibbiyot klasteri” barpo etilayotganligi toʼgʼrisida avval ham xabar (https://t.me/axborot_xizmati/24325) bergan edik. Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov umumiy qiymati 78,7 mlrd soʼm boʼlgan mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari masʼullarga qurilish ishlarini sifatli amalga oshirib, loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish boʼyicha koʼrsatmalar berdi.

Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 78,7 mlrd soʼm boʼlgan ushbu «Tibbiyot klasteri» zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan taʼminlangan 300 oʼrinli tibbiyot markazi, 450 oʼrinli oʼquv xonalari va konfrentsiyalar zalini oʼz ichiga oladi. Loyiha amalga oshirilgach, yuqori texnologik tibbiy muolajalar shu yerning oʼzida amalga oshiriladi. Natijada fuqarolarning boshqa hududlarga sarson boʼlishining oldi olinadi va yiliga 14,3 mlrd soʼm mablagʼ tejalishiga erishiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.