Harbiy xizmatchilarning salomatligini asrash, ularni davolash va sogʼlomlashtirish ishlariga katta eʼtibor qaratilib, harbiy gospitallar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va sharoitlar bilan taʼminlanmoqda. Xususan, Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz harbiy gospitalida ham keng koʼlamli qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Umumiy qiymati qariyb 87,0 mlrd soʼm boʼlgan loyiha doirasida uch qavatli majmuaviy bino qurish, rentgen, lor, stomatologiya, yuqumli kasalliklar boʼlimlari va shtab binolarini mukammal taʼmirlash, yangi nazorat oʼtkazish punkti va oshxona qurilishi hamda muhandislik tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan. Hozirda loyiha boʼyicha qurilish taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz harbiy gospitalida boʼlib, qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Loyihalar yuzasidan soha masʼullari va quruvchilarning taqdimotlarini qabul qildi. Qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, zamonaviy sharoitlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, qurilish hududidagi daraxtlarga ziyon yetkazmaslik choralarini koʼrish boʼyicha vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.