Bugun viloyat hokimining haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish, aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilish kuni etib belgilangan. Termiz shahri hududida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan viloyat hokimi qurilish sohasidagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda aloqador mutasaddilar ishtirokida sohada olib borilayotgan ishlarni videokonfrentsaloqa orqali muhokama qildi.

Bir muddat avval qurilish sohasidagi ishlar sifatini oʼrganish boʼyicha viloyat Ishchi guruhlari tuzilib, ularga vazifalar belgilab berilganligi toʼgʼrisida xabar bergan edik. Bugungi muhokamada ushbu Ishchi guruhlar tomonidan viloyat boʼylab qurilish obʼektlarida oʼtkazilgan oʼrganish yakunlarida aniqlangan kamchiliklar va yoʼl qoʼyilgan xatolar tanqidiy koʼrib chiqildi.

Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ijtimoiy va ishlab chiqarish obʼektlarini qurish, taʼmirlash dasturlarining viloyatdagi ijrosi Ishchi guruhlar tomonidan oʼrganilganda qurilish meʼyori va talablariga rioya etmaslik, ishlarni sifatsiz bajarish, ayrim loyihalar toʼxtab qolganligi holatlari aniqlangan.

Viloyat rahbari dasturlarga asosan amalga oshirilayotgan har bir loyiha boʼyicha oʼtkazilgan oʼrganish natijalarida aniqlangan xato va kamchiliklarga yoʼl qoʼygan masʼullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasini koʼrib chiqish topshirigʼini berdi. Shuningdek, Ishchi guruhlar tomonidan oʼrganish ishlari davom ettirilishi, aniqlangan kamchiliklar boʼyicha tegishli choralar koʼrib borilishi taʼkidlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.