Surxondaryo viloyati delegatsiyasining qadimiy Аyutayya shahriga tashrifi tafsilotlari

Аvval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Tailand davlatida boʼlib, vohaning turizm salohiyatini tanishtirish, oʼzaro sayyohlarni jalb qilish borasida turli uchrashuvlar, xalqaro seminarlarda ishtirok etmoqda.

Xususan, delegatsiya aʼzolari joriy yil 31 may kuni Tailand Qirolligining tarixiy poytaxti, YuNESKOning Umumjahon merosi obʼektlari roʼyxatiga kiritilgan Аyutayya shahriga tashrif buyurishdi. 1350 yilda asos solingan va 1767 yilga qadar Tailand Qirolligi poytaxti hisoblangan Аyutayya shahri oʼzining gullab-yashnagan davrida uchta qirollik saroyi, 375 ta ibodatxona, 29 ta mustahkam qalʼa boʼlgan, shahar darvozalari soni 94 tani tashkil etgan. Oʼsha davrda shaharda bir milliondan ortiq kishi istiqomat qilgan.

Tashrif davomida ochiq osmon ostidagi YuNESKOning Umumjahon merosi obʼektlari roʼyxatiga Аyutayya shahrida joylashgan tarixiy obidalar majmuasining saqlanish sharoiti, muhofaza etilishi hamda mazkur joylarda turistlar uchun infratuzilma va qulayliklar yaratish boʼyicha, shuningdek, uzoq masofali avtomobilь yoʼllarida barpo etilgan yoʼlovchilar toʼxtash joylarida yaratilgan sharoitlar boʼyicha Tailand tajribasi oʼrganildi.

Maʼlumot uchun: Tailandga 2019 yil davomida 40 mln.ga yaqin, 2023 yil 1 choragida 6,1 mln. xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan.


Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.