Ulugʼbek Qosimov: "Bajarilayotgan har bir ishda sifat boʼlishi kerak"

Prezdentimizning joriy yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish, koʼchalar, koʼp qavatli turar-joylarning tashqi qiyofasini zamonaviy koʼrinishga keltirish boʼyicha topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlarga asosan Termiz shahridagi 37 ta mahallada 58 km yoʼllarni asfalьtlash, 27 km yoʼllarga beton qoplmasi yotqizish, 24 km piyodalar yoʼlagi barpo etish, 33 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahrining “Nurli kelajak” va “Pattakesar” mahallalarida boʼlib, bu boradagi ishlar bilan tanishdi. Ushbu ikkita mahallalarda 900 metrga yaqin yoʼlga asfalьt, 650 metr yoʼlga beton qoplamasi yotqizilgan, 2 km dan ortiq masofada ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgan, 1,2 km piyodalar yoʼlagi qurilgan. Shuningdek, koʼp qavatli turar-joylarning fasad qismlarini boʼyash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish davomida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni koʼrsatib oʼtdi va kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi. Xususan, piyodalar yoʼlagi sifatsiz qurilgani tanqid qilinib, talabga javob bermaydigan qismini buzib, qayta qurish, mavjud bogʼcha atrofini oʼrash va taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish, avtoturargoh tashkil etish, yoʼl boʼylari va ochiq maydonlarda gul koʼchatlari, rayhon ekish, ayrim koʼp qavatli turar-joylarning ustini qayta taʼmirlab, yopish va fasad qismlarini boʼyab, zamonaviy koʼrinishga keltirish topshirildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi uchun ikki hafta muddat berilib, topshiriqlar ijrosi qayta oʼrganilishi belgilandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.