Shoʼrchi tumanida 500 ish oʼrniga ega kasanachilik va tikuvchilik loyihasi ish boshladi

“Indinem klasteri” MChJ tomonidan Shoʼrchi tumani “Bobotogʼ” mahallasi hududida umumiy maydoni 2,5 ming kv metr, yiliga 12 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan, loyiha qiymati 5,0 mlrd soʼmlik kasanachilik va tikuvchilik loyihasi ishga tushirildi. Natijada 500 ta yangi ish oʼrinlari yaratilib, ularga “Аyollar” va “Yoshlar” daftarida turgan, ishsiz xotin-qizlar ishga joylashtirildi.

Loyihani tantanali ishga tushirish tadbirida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, shoʼrchiliklarni ushbu yangilik bilan tabrikladi. Tadbirkorga yangi ish oʼrinlarini yaratish yoʼlidagi bu kabi loyihalari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida faoliyatini kengaytirishga har tomonlama koʼmak koʼrsatilishini taʼkidladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.