Viloyat markazidan 300 chaqirim olisdagi togʼli qishloqlar aholisining muammolari oʼrganildi

Shu kunlarda viloyatimizda boʼlib turgan Prezident maslahatchisi Gʼofurjon Mirzaev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimov viloyat markazidan 300 chaqirim, Sariosiyo tumani markazidan qariyb 110 kilometr uzoqlikda joylashgan, togʼli “Chosh”, “Karsh” va “Maland” mahallalarida boʼlib, aholi muammolarini oʼrgandi.

Viloyat va tuman sektor rahbarlari, tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida oʼtkazilgan 3 ta mahalladagi uchrashuvlarda “Chosh”, “Karsh”, “Maland”, “Zooxona”, “Kundayijuvoz”, “Vochax” va “Xushxabar” qishloqlarining aholisi bilan uchrashuv oʼtkazilib, ularning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan yoʼllar taʼmiri, qishloq sharoitlarini yaxshilash, tibbiyot punkti tashkil etish kabi masalalar oʼrtaga tashlandi. Mutasaddilarga aholi tomonidan koʼtarilgan masalalarni hal etish boʼyicha tegishli vazifalarni ijro muddati bilan belgilab berildi.

Shuningdek, qishloqdagi ishsiz fuqarolarga oʼzini oʼzi band qilishlari uchun tikuvchilik dastgohi, payvandlash uskunasi, pishiriq pechi, oʼt oʼrish uskunasi kabi jihozlar topshirildi. Kam taʼminlangan oilalar uchun 5 tonna un, 2,5 tonna guruch, 2 tonna shakar, qariyb 6 ming litr oʼsimlik yogʼi, erkaklar va ayollar kiyim-kechaklari hamda ushbu qishloqlardagi yoshlar va maktablar uchun 700 ta kitoblar toʼplami, 63 ta shaxmat-shashka doskasi, 35 ta turli sport anjomlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.