Xabar berganimizdek, Prezidentimizning joriy yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifida belgilab bergan topshiriqlariga asosan Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, keng koʼlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimining doimiy nazoratida boʼlgan ushbu topshiriq ijrosi, shaharning barcha mahallalarida belgilangan dasturga asosan davom etmoqda.
Bugun ham viloyat rahbari Termiz shahrining 9 ta, “Mehrobod”, “Guliraʼno”, “Guliston”, “Bogʼishamol”, “Аlpomish”, “Katta bogʼ”, “Yulduz”, “Jayxun” va “А.Аvloniy” mahallalarida boʼlib, amalga oshirilayotgan ishlarni koʼzdan kechirdi va mavjud muammolarni oʼrgandi. Dasturga koʼra, ushbu mahallalarda 10,3 km asfalьt va 8 km beton qoplama yotqizish, 7 km piyodalar yoʼlagi qurish, 8,6 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Bugungi kunda 2,6 km asfalьt, 2,8 beton qoplama yotqizish, 2,3 km piyodalar yoʼlagi qurish, 4,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari bajarilgan. Koʼp qavatli turar-joylarning fasadini boʼyash, bolalar maydonchalarini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Аyrim mahallalarda koʼchalar, ariqlar va zovurlar tozalanmagan, qurilish chiqindilari olib chiqilmagan. Koʼchalarda aholi tomonidan qurilish materiallari, qum va shagʼallar qoldirilganligi mahalla koʼrkini buzib, transport va piyodalar harakatlanishi uchun noqulayliklar tugʼdiriyotganligi tanqid qilindi.
Masʼullarga olib borilayotgan ishlarda aholi faolligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish, koʼchalarni tozalash, chiqindilarni olib chiqish, infratuzilmani yaxshilash ishlarini sifatli amalga oshirish va talab yuqori boʼlgan hududlarda avtoturargohlar tashkil etish vazifalari belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz