Aholi tomonidan elektr energiyasidan oqilona foydalanish - davr talabi
Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish davr talabi hisoblanadi.
Prezidentimining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Surxondaryo viloyatida shu kunga qadar 2 040 ta aholi xonadonlariga quvvati 4,67 MVt quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, iyul oyining o‘zida 37 900 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqib, o‘z ehtiyojidan orttirib elektr tarmog‘iga 1 907 kVt/soat elektr energiya uzatilgan.
Elektr energiyasi – bir vaqtning o‘zida ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot turi hisoblanadi. Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish uchun quyidagilar amalga oshirish kerak. Televizor, kompyuter boshqaruv pultidan o‘chirilganda, uning faqatgina ekrani o‘chib, ularning ichidagi boshqa asosiy elektr energiyasini iste’mol qiluvchi sxemalar ishlab turadi. Bu esa ularni boshqaruv pultidan o‘chirilganda ham elektr energiyasi iste’mol qiladi degani. Shu sababli, ulardan foydalanmagan vaqtda uni “rozetka”dan uzib qo‘ying.
O‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, televizorni foydalanilmay turganda, uni “rozetka”dan uzib qo‘yish natijasida 1 oyda o‘rtacha 20 kVt soat elektr energiyasini iqtisod qilish mumkin ekan. Har bir sanoat va ishlab chiqarish korxonalarning texnologik jarayonlarida ishtirok etadigan elektrodvigatellar uzoq yillar davomida ma’nan va jismonan eskirishi, bir necha marotaba ta’mirdan chiqarilishi natijasida ularning foydali ish koeffitsienti kamayib boradi. Ya’ni ushbu dvigatellar tomonidan ishlab chiqarilayotgan bir birlik mahsulot uchun sarflanayotgan elektr energiyasi miqdorini ortishiga sabab bo‘ladi.
Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarilgan mahsulotning narxini ortishiga olib keladi. Har bir sanoat va ishlab chiqarish korxonalarning texnologik jarayonlarida ishtirok etadigan elektrodvigatellar uzoq yillar davomida ma’nan va jismonan eskirishi, bir necha marotaba ta’mirdan chiqarilishi natijasida ularning foydali ish koeffitsienti kamayib boradi. Buni oldini olish uchun ushbu elektrodvigatellarni zamonaviy, energiya tejamkor, foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘lgan yangi elektrodvigatellarga almashtirilishi lozim.
Cho‘g‘lanma lampalarni ishlash prinsipi cho‘lg‘amining qizishi natijasida o‘zidan yorug‘lik chiqarishiga asoslangan. Shu sababli, ular tomonidan iste’mol qilingan energiyaning 95 foizgacha bo‘lgan qismi, issiqlik energiyasiga aylanib isrof bo‘ladi. “Svetodiod” lampalar cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 6,6 marotaba (ya’ni 85 foiz) kam elektr energiyasini iste’mol qiladi.
Shu jumladan, 1 dona quvvati 7 Vt bo‘lgan “svetodiod” lampalardan foydalanish natijasida, quvvati 100 Vt bo‘lgan cho‘g‘lanma lampaga nisbatan 1 yilda o‘rtacha 400 kVt soat elektr energiyasi yoki 118 000 so‘m mablag‘ tejaladi.
“Svetodiod” lampalarni xizmat ko‘rsatish muddati cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan kamida 15 marta ko‘p.
Bir xonadonda kuz-qish mavsumi davomida qattiq turdagi yoki tabiiy gazdan foydalanilmasdan o‘zboshimchalik bilan 1 dona quvvati 2,2 kVt bo‘lgan qo‘lbola elektr isitish pechidan isitish maqsadida foydalanilganda o‘rtacha 9500 kVt soat elektr energiyasi yoki 2 mln 800 ming so‘m mablag‘ sarflanadi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
1 izoh