Jarqoʼrgʼon tumanida sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 8 sentyabr kuni oʼtkazilgan sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Jarqoʼrgʼon tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va muammolarini oʼrganish ishlari oʼtkazildi.

Xususan, bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Jarqoʼrgʼon tumaniga tashrifining dastlabki manzilida “Surxon Teks” MChJning mato ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Joriy yil iyunь oyida ishga tushirilgan korxona yiliga 8 mln pogonametr mato ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlib, eksport imkoniyati 15,5 mln dollarni tashkil etadi. Yaratilgan ish oʼrinlari soni 50 ta.

Shuningdek, shu yerning oʼzida “Surxon Teks” MChJ va “Nortex Style” MChJlarning sanoat koʼrsatkichlarining bajarilishi boʼyicha taqdimot bilan tanishildi hamda mavjud muammolar muhokama qilindi. Topshiriqqa asosan viloyat shtabi bilan ishlab, korxonalarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash koʼrsatmasi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.