Jarqoʼrgʼon tumanida “Fabullo Story Servis” MChJ tomonidan yiliga 25 ming dona qurilishda foydalaniladigan “gazobeton” ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi yoʼlga qoʼyilib, 30 ta ish oʼrni yaratilgan.

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov “gazobeton” ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi va tadbirkor bilan muloqot qilib, korxonaning toʼla quvvatda, barqaror ishlashi uchun zarur boʼlgan energiya manbalarini uzluksiz taʼminlash masalalarini muhokama qildi.

Gazobeton – gʼovak betonning bir turi boʼlib, zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi. Oddiy betondan farqli, tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud boʼlib, ular betonning yengil va yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatiga ega boʼlishini taʼminlaydi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi va pishiq gʼishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi. 1 metr kub gʼisht 1800-2000 kilogramm ogʼirlikka ega boʼlsa, shu hajmdagi gazobetonning ogʼirligi atigi 500-700 kilogramni tashkil etadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/