Navbatdagi tadbirkorlar qabuli oʼtkazildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʼbek Qosimovning navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” Sherobod tumanidagi “Sherobod tekstil invest” MChJ binosida onlayn formatda oʼtkazildi. Dastlab, MChJning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, energiya resurslari bilan bogʼliq muammolar oʼrganildi. Masalalarni hal etish boʼyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shundan soʼng, hududiy studiyalar orqali 73 nafar tadbirkorning 85 ta masaladagi murojaati tinglandi. Murojaatlarning 6 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan 79 ta murojaat ijro uchun masʼullarga yoʼnaltirilib, nazoratga olindi.
“Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun “Call-tsentr” bilan bogʼlanish raqamlari va tartibi bilan bu yerda (https://t.me/axborot_xizmati/28067) tanishishingiz mumkin.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz