Aholi xonadonlarida muqobil energiya manbalari – quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

Barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarining energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish zamon talabiga aylanib bormoqda.

Prezidentimizning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 16 fevraldagi qarorida belgilab berilgan chora-tadbirlarga muvofiq Surxondaryo viloyatida 682 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralariga quvvati 20,5 MVt, 1 405 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 32,8 MVt va 3 791 ta aholi xonadonlariga quvvati 20,5 MVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar 4 738 ta aholi xonadonlariga quvvati 13,9 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, 10 700,3 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida xonadonlariga 50, 100 kVt quvvatli panellar o‘rnatilib, ishlab chiqarilgan elektr tokini tarmoqqa sotish hisobiga oylik daromad topayotgan tadbirkorlar soni ham ortmoqda.

Bundan tashqari davlat-xususiy sherikchilik asosida ko‘p qavatli turar joylarda ham turli hajmdagi quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Natijada aholiga doimiy elektr energiyasi yetkazib berish bilan birga tarmoqqa ortiqcha tokni oshirilgan narxlarda sotish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu borada davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar tadbirkorlarni rag‘batlantirmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar yana 1 700 ta aholi xonadonlariga quvvati 8,5 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Foto: Sho‘rchi tumanidagi ko‘p qavatli turar joylarning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatish jarayonlari

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/