Mamlakatimizda birinchi Kichik biznesga ko‘maklashish markazi ochildi

Prezidentimizning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda birinchi bo‘lib Surxondaryo viloyatida «Kichik biznesga ko‘maklashish markazi» faoliyat boshladi.

Markaz kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni o‘qitish, moliyalashtirish, axborot bilan ta’minlash, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish kabi tadbirkorlarni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshiradi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar va faollar bilan markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas’ullarga markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylantirish yuzasidan vazifalar yukladi.

Kelgusi, 2024 yilda markaz tomonidan mikro biznesni qo‘llab quvvatlash orqali 1 200 ta sub’ektni kichik va o‘rta biznesga o‘tkazish, 1300 nafar tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, 450 nafar tadbirkorning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish ishlari amalga oshiriladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/