Prezident topshirig‘i ijrosi: Termiz shahrida zamonaviy “Yoshlar bog‘i” foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbarining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan belgilab bergan topshiriqlariga asosan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Termiz shahridagi sobiq bog‘ negizida “Yoshlar bog‘i” barpo etilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun yoshlar taklifi va tashabbuslari asosida, ularning hoxish-istaklarini inobatga olgan holda barpo etilgan, “Book” kafe, Amfiteatr, kinoteatr, veloyo‘laklar, turli hajmdagi favvoralar, attraksionlar, o‘yin maydonlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan “Yoshlar bog‘i” foydalanishga topshirildi.

Bog‘ning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, voha ahli va yoshlarini yana bir yangi bog‘ning ochilishi bilan tabrikladi. Viloyat rahbari yoshlar uchun zamonaviy ko‘ngilochar va madaniy xordiq chiqaradigan, sevimli ma’naviyat maskaniga aylanadigan mazkur bog‘da aholining ham dam olishi, bolajonlarning zavqlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ma’lum qildi.

Bog‘ning ochilish marosimidan so‘ng bir guruh voha nuroniylar bayram dasturxoniga taklif etildi. Tadbir yakunida yurt tinchligi va osoyishtaligi, vohada olib borilayotgan xayrli ishlar rivojini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/