Press-tur: 495 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi quyosh elektr stansiyasi qurilishi bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida loyiha qiymati 260 mln dollar bo‘lgan, 457 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda. Qurilish ishlariga 2 mingdan ortiq mahalliy aholi vakilari jalb qilingan va loyiha ishga tushgach, 120 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Bugun Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur loyihaning qurilishi bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi.
Media tadbirda ishtirokchilar pudratchi korxona – Xitoyning CMEC kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz