Termiz shahrida musiqa va san’at maktabining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbarining madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida madaniyat va san’at maktablari va muassasalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, zarur sharoitlar bilan ta’minlanmoqda.

Xususan, bugun 2,5 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilingan, zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan Termiz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yangilangan binoda bolalarning musiqa va san’atni o‘rganishlari, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘qituvchi va murabbiylar hamda madaniyat sohasi faxriylari bilan suhbatda Prezidentimizning sohaga qaratayotgan e’tibori sabab yoshlarimizning musiqa va san’atga qiziqishi ortib borayotganligi, ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududlarda aholining madaniy xordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlariniya yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta "Damas" avtomashinasi Termiz shahri hamda Angor, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari madaniyat bo‘limlariga topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.