Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Surxondaryo viloyatidan ham 17 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov afv etilganlarni qabul qilib, ularga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.