Surxondaryolik faol o‘qituvchilarning navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Ustoz ta’lim bunyodkori” mavzusidagi o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda vohaning eng faol o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Yakunlanib borayotgan joriy yilda Surxondaryo viloyatida ta’lim tizimini takomillashtirish, maktablar moddiy-texnika bazasini yaxshilash, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan 250 dan ortiq maktablar zamonaviy ko‘rinishda rekonstruksiya qilinganligi ta’kidlandi.
Qurultoyda ta’lim-tarbiya tizimiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan pedagoglarning 7 nafariga "Xalq ta’limi a’lochisi, 1 nafariga "Xalq ta’limi fidoyisi" yana 1 nafariga "Ta’lim homiysi" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi. Shuningdek, bir guruh o‘qituvchilar va 2 ta maktab jamoasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining faxriy yorlig‘i hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz