Surxondaryo viloyati hokimi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosi faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolarini tinglab, hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida iqtidorli yigit-qizlar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
- Kuni-kecha Prezidentimiz Surxondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 40 mln dollar ajratish to‘g‘risida qarorga imzo qo‘ydilar. Bu davlatimiz rahbarining viloyatimiz yoshlariga qaratayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligidir. Yoshlarimiz yaratilayotgan bu imkoniyadan oqilona foydalanib, Vatanimizga munosib farzand bo‘lishlariga ishonaman.
Aziz yoshlar, men boshchilik viloyatdagi har bir darajadagi rahbarlar sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, ko‘maklashishga tayyormiz – deya ta’kidladi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov.
Uchrashuvda bir guruh faol va o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarga viloyat hokimligi sovg‘alari tantanali topshirildi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan 1 135 dona “Uyg‘onish” kitoblar to‘plami shahar va tumanlar yuborildi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan 40 mln dollardan maqsadli va samarali foydalanish masalasini muhokama qildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz