“Uzumzor” mahallasida aholi turmush sharoitlari yaxshilanadi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani “Uzumzor” mahallasida bo‘ldi. Mahallaning Uchqun ko‘chasi bo‘ylab mavjud holat va muammolar o‘rganildi hamda aholi bilan muloqot qilindi.
Aholini qiynab kelayotgan, yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida temir-beton ustunlar o‘rnatish, yangi elektr uzatish tarmoqlari tortish, ichki tuproq yo‘llarni toshlash, ta’mirlash ishlarini qisqa muddatda boshlash, oqova suv ta’minotini yaxshilagan holda aholini tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish, shu orqali ularning oilaviy daromadlarini oshirishga ko‘maklashish vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari ushbu mahallada yashovchi, nogiron farzandi bo‘lgan, ko‘makka muhtoj oila xonadonida ham bo‘lib, yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda muammolarini o‘rgandi. Tuman rahbarlari va mas’ullarga oilaning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni bugundan boshlash vazifasi yuklandi.
Mahallada belgilab berilgan topshiriqlarga asosan beton ustunlar o‘rnatish, tarmoq tortish hamda yo‘llarni toshlash ishlari boshlab yuborili.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz