Viloyat hokimi hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirdi.

Aholining bayram kayfiyatiga birinchi navbatda ta’sir etuvchi holat bu bozorlarimiz to‘kin-sochinligi hamda narxlar arzonligidir. Shu maqsadda, viloyat rahbari tumanda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on dehqon bozorida bo‘ldi.

O‘rganishda yarmarkadagi mahsulotlar narxlari, sifati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uzluksiz sotuvini ta’minlash, yarmarkadagi narxlarni qat’iy nazorat qilish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari “Hokimlik bog‘i”da ham bo‘lib, daraxt ko‘chati ekdi hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan suv sarfi va isrofini kamaytirish maqsadida ariqlarni betonlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.