Ulug‘bek Qosimov: “Ijro intizomi ishimizda tartib qandayligini ko‘rsatadi. Mas’ullar faoliyatiga shu orqali baho beramiz”
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Viloyat rahbari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilar ekan, yil yakunida barcha tarmoq va sohalarda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun oxirgi muddat qolganligini qayd etdi.
– Aholimizni rozi qilish uchun joriy yilda rejalashtirgan, yakuniga yetkazilmagan ishlarimizni tugatish uchun bir hafta muddat qoldi. Hududlar, tarmoq va sohalar o‘z ishlarini sarhisob qilib, ijro intizomini joyiga qo‘yishi shart. Ayniqsa aholi murojaatlari, hududlarda faollar ko‘tarayotgan masalalar ijrosiga mas’uliyat bilan yondoshish lozim. Barcha darajadagi rahbarlar faoliyatiga ishidagi tartib va ijro intizomiga qarab xalqimiz baho beradi – deya ta’kidladi viloyat hokimi.
Yig‘ilishda tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, hududlarda yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyatini uzluksizligini ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha ishlarni jonlashtirish, Termiz shahri va tumanlar markaziy ko‘chalariga ko‘chatlar ekish ishlarini yakuniga yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz