Viloyat hokimi qator boshqarma, bank va muassasalar faoliyati bilan tanishdi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Investitsiyalar va tashqi savdo, Savdo-sanoat palatasi, Statistika boshqarmalari hamda Biznesni rivojlantirish banki faoliyati bilan tanishdi.
Boshqarmalar rahbarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari haqidagi axborotlari tinglandi. Har bir tashkilotda qat’iy tartib-intizomga rioya qilish, maqsad qilingan samaradorlikka erishish, barcha ish jarayonlarini raqamlashtirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari rejalashtirilmagan tashrif bilan viloyat Bolalar kutubxonasida ham bo‘ldi. Elektron kutubxona faoliyati, kitoblar fondi, mutolaa zali bilan tanishildi. Shu yerda o‘quvchilar bilan suhbat qurilib, ularning kutubxona xizmatini yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.
Mas’ullarga mazkur kutubxonani rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqib, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz