Surxondaryoda O‘rta Osiyoda yagona yirik loyiha amalga oshirildi
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-yanvardagi qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ko‘mirga ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida «Sharg‘unko‘mir» AJni modernizatsiya qilish va «Sharg‘un» shaxtasida toshko‘mir qazib olishni yiliga 900 ming tonnaga yetkazish loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida bugundan O‘rta Osiyoda yagona mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida ko‘mir qazib olish boshlandi.
Qiymati 105,5 mln dollarlik loyihani amalga oshirish uchun korxona 15,7 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Shuringdek, Uzmilliy bank 4,7 mln dollar, Xitoy davlatining Eksim banki 89,8 mln dollar kredit mablag‘ini yo‘naltirdi. Bu orqali 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Kelgusi yildan iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlari uchun ko‘mir qazib olish hamda davlat budjetiga tushumlar o‘tgan yillarga nisbatan 4-5 barobarga oshadi.
Loyihaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamov va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev hamda boshqa mutasaddilar, OAV vakillari va faollar ishtirok etishdi.
Tantanali ochilish marosimidan keyin jurnalist va blogerlar uchun innovatsion loyihaga press-tur tashkil etilib, amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari bilan batafsil tanishtirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
9 izoh