Taxiatoshda Surxondaryo tajribasi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusi yildagi rejalar muhokama qilindi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Respublikamiz hududlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi tumanlariga biriktirilib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, biriktirilgan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.
Xususan, Surxondaryo viloyatiga Taxiatosh tumani biriktirilgan bo‘lib, joriy yilda ham surxondaryolik tadbirkorlar tomonidan tumanda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlari ta’mirlanib, aholi turmush sharoitlari yaxshilanmoqda. Ayni vaqtda viloyat hokimining o‘rinbosari Alisher Amirov boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Taxiatosh tumanida bo‘lib turibdi.
Bugun Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo tajribasini joriy etish bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonfrensaloqa tarzida ishtirok etib, tuman faollari bilan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi. Shuningdek, kelgusidagi rejalar hamda chora-tadbirlar belgilab olindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz