Hududlar, sohalar va tarmoqlarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, boshqarmalar boshliqlari, klasterlar, yirik loyihalar tashabbuskorlari hamda salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda eksport va investitsiya prognozlarining bajarilishi, qishloq xo‘jaligi, kommunal sohada olib borilayotgan ishlar masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan muhokamada vohada amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning ishga tushirilishi, bu yo‘nalishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi holati ham tahlil qilinib, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Mas’ullarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash, muammolarni tizimli bartaraf etish, belgilangan ish o‘rinlarini to‘liq yaratish vazifasi topshirildi.
Hududlar va sohalar rahbarlariga eksport va investitsiya ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligidagi topshiriqlar ijrosi hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish yuklatildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz