Qum bo‘ronlarini ta’sirini kamaytirish maqsadida "Qattaqum" cho‘lida saksovul ekish aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Vohamizning janubiy tumanlari Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz, shuningdek, Termiz shahrining iqlimida barcha fasllarda kuzatiladigan kuchli shamollar hamda chang hodisalari asosan shimol va g‘arb tomondan, jumladan, Eron, Turkmaniston va qo‘shni Afg‘oniston hududlaridan kirib keladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, viloyatda yil davomida 151 kungacha shamol va chang to‘zonlari kuzatilmoqda. Natijada havo dim va chang bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, inson salomatligi va atrof-muhitning musaffoligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifida ushbu muammoga ham e’tibor qaratilib, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarining oldini olish va chang to‘zonning tasirini kamaytirish maqsadida cho‘l zonalarida saksovulzorlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Hozirda bu borada amaliy ishlar, “yashil kamar”lar tashkil etish loyihasi boshlab yuborilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida mazkur loyihaning navbatdagi bosqichi doirasida Termiz va Angor tumanlari tutashgan “Kattaqum” massivida saksovul ko‘chatlari ekish va urug‘larini sepish ishlariga start berildi. Tadbir doirasida viloyatimizning har bir hududida ming gektardan jami 15 ming gektar maydonga Qoraqalpog‘istondan keltirilgan 100 ming tup saksovul ko‘chatlari va 80 tonna urug‘ sepilishi maqsad qilingan.

Ekologik tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda ko‘ngilli ekologiya jonkuyarlari faol ishtirok etishmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.