Angorda salomatlikni asrash bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni bilan tanishildi

Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida aholi salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgandi. Viloyatda mazkur tajribani namunali yo‘lga qo‘yish uchun Angor tumani tanlab olingan.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 4-sonli Oilaviy poliklinikaning Xo‘jaqiya filialida bo‘lib, “Surxondaryo tajribasi”ni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishdi.

Tumandagi 36 ta mahallada qariyb 137 ming aholi xatlovdan o‘tkazilib, elektron ro‘yxati shakllantirildi va ularning 39 ming nafarida turli kasalliklar borligi aniqlandi. Tajribani joriy etish davrida 37,3 ming bemor ambulator, 1 456 nafari tuman va 199 nafari viloyat shifoxonalarida sog‘lomlashtiriladi. Shuningdek, 30 nafar bemorda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkaziladi.

Viloyat rahbari tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan aholi bilan suhbatlashdi, ularni bayram bilan tabriklab, bolajonlar uchun sovg‘alar topshirdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari 10-sonli maktabda tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobga olingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. O‘quvchilarga tajribali o‘qituvchilarni biriktirish, qo‘shimcha fan va sport to‘garaklariga jalb qilish, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.