Surxondaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident bayram tabrigi va sovg‘alari yetkazildi

Surxondaryo viloyatida 5 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylarimiz istiqomat qilishmoqda. Bugun ularga Prezidentimizning yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrik va sovg‘alari yetkazib berildi.

Xususan, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Kenja Ilamanovning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi hamda Prezidentimizning tabrigini o‘qib eshittirib, sovg‘alarini topshirdi.

Faxriy nuroniy viloyat rahbari bilan suhbat davomida o‘zining urush yillari xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror-takror ta’kidlab, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Nuroniylar va tadbirga jam bo‘lganlar mustaqilligimiz abadiyligi, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi barqaror bo‘lishini, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Shuningdek, bugunning o‘zida Boysun, Denov, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanilarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ham bayram tabrigi va sovg‘lar yetkazib berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.