Kadastr va bandlik boshqarmalari faoliyati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarmalar faoliyati va davlat xizmatchilarining samaradorligini o‘rganish ishlarini davlat kadastrlari palatasi va kadastr agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarida o‘tkazdi.

O‘rganish davomida boshqarma boshliqlari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlar berildi. Kadastr sohasi mas’ullari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yer maydonlari bilan bog‘liq qonunchilik ijrosini to‘liq ta’minlash, o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini o‘zlashtirish holatlariga keskin munosabatda bo‘lish, shuningdek, fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini qonunchilik talablari asosida to‘liq ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyat rahbari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari bilan yil davomida amalga oshirgan ishlarini muhokama qilar ekan, joriy yil davomida bandlik masalasida kelib tushgan 42 mingta murojaatdan 21 mingtasi hal etilganligi, ko‘rsatkichlar pastligiga e’tiroz bildirdi. Kambag‘allikni qisqartirishda ish bilan ta’minlash asosiy omil ekanligi ta’kidlanib, bu borada mas’ullar faoliyati qoniqarsiz ekanligi qayd etildi.

Boshqarmalar mutasaddilariga yuklatilgan vazifalarning to‘liq bajarilishini ta’minlash, bunda qat’iy tartib-intizomga rioya qilish, aholini rozi qilish prinsipi asosida ishlarni tashkil etish hamda asosiy masala etib barcha ish jarayonlarini raqamlashtirish topshirig‘i berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.