Surxondaryolik 624 nafar bolajonlarmizga “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi
Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida ham “Prezident archasi” teatrlashtirilgan bayram tomoshalari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Unda Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning farzandlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.
Bayram tadbiri teatrlashtirilgan konsert dasturi bilan davom etib, bolajonlarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
Viloyatimiz bo‘ylab davom etayotgan bayram tadbirlarida 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 624 nafar Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlariga “Prezident sovg‘asi” hamda hududlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalar farzandlari uchun hokimliklar sovg‘alari topshirilmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz