Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimining topshirig‘iga muvofiq Ishchi guruhlar tuzilib, Termiz shahri va tumanlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlar ijrosi, sektorlar faoliyati, aholi turmush farovonligini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.

Ayni vaqtda viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi Ishchi guruhlar Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, 2023-yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ijtimoiy soha ob’ektlari holati, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Har bir hududda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro muddatlari bilan vazifalar belgilab berilmoqda. Shuningdek, o‘rganish yakunida natijalar tahlili muhokama qilinadi va tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasida soha va tarmoqlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olinadi.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.