Hokimlik soati: Murojaatlar va topshiriqlar ijrosi hamda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili
Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish, berilgan topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi hamda daraxtlar parvarishi borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda markaziy va hududiy studiyalardan viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hokimliklar apparati xodimlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan hududlar, tarmoq va sohalar mutasaddilarining axborotlari tinglanib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, mutasaddilar ishtirokida “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazildi. Shahar va tuman hokimliklari studiyalari orqali tadbirkorlarning muammo, murojaatlari hamda takliflari tinglanib, ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz