Qumqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki manzili “Normat O‘razali” fermer xo‘jaligi yer maydoni bo‘ldi. Bu yerda viloyatimiz rahbari ochiq maydonlarni shudgorlash, tekislash, ariqlarni betonlash, dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish hamda g‘allani bargidan oziqlantirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi va ularga kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.
Keyingi manzilda aholi salomatligini asrash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Tumanning “Umid nihollari” mahallasida joylashgan 35-sonli oilaviy poliklinikada patronaj hamshiralar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, fitobarlar tashkil etilishi holati ko‘zdan kechirildi. Hududda kasalliklar dinamikasi va kasalliklarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar taqdimot qilindi. Soha mas’ullariga “Surxondaryo tajribasi”ni tadbiq etgan holda ishlarni tashkil etish topshirildi.
Tashrif davomida mahalla “yettiligi” faoliyatiga ham e’tibor qaratildi. Xusasan, “Umid nihollari” mahallasi binosining qurilishiga start berilib, “yettilik”ning faoliyati va kelgusidagi rejalari taqdimot qilindi. Shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan tanlab olingan 4 ta qoloq mahallada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berildi. Vazifalar ijrosi bir oydan keyin qayta o‘rganilishi belgilandi.
Shundan so‘ng, tumanning “Yangi shahar” mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar loyihasi taqdimot qilindi. Loyiha taqdimotida qator tavsiyalar berildi, xususan, aholiga qulay infratuzilma bo‘lishiga e’tibor qaratish, uy-joylarning sifatliligini ta’minlash, buning uchun loyihani takomillashtirgan holda uning amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. Shu yerning o‘zida tumanda joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan sektor rahbarlarining kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida “IT” markazi faoliyati, yoshlarga yaratilgan sharoitlar, dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish rejalari bilan ham tanishdi. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘qitish yuzasidan taqdimotlar qilindi. Talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o‘rgatishga urg‘u berish vazifasi topshirildi.
Tashrif so‘ngida Agro texnologiyalar texnikumida joylashgan tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi hamda kitob fondi ko‘zdan kechirildi. Surxondaryo tajribasi sifatida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib viloyatimizda amalga oshirilayotgan “Ma’naviyat sektor”lari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kutubxonalar faoliyati muhim rol o‘ynashi, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishda Axborot-kutubxonalar fondi yetarli va zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Tuman mutasaddilariga Axborot-kutubxona faoliyatini tubdan takomillashtirish, kitoblar fondini to‘ldirish hamda kitobxonlar uchun yetarli sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz