Tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlar ijrosini tahlil qilar ekan viloyat rahbari tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yurtimizda keng imkoniyat va sharoitlar yaratilayotganligi, joriy yilda ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ham bejiz emasligini ta’kidladi. Viloyat rahbari bu yilda ham tadbirkorlar bilan manzilli ishlashni davom ettirib, ular bilan doimiy muloqotda bo‘lishini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng hududiy studiyalar orqali 33 nafar tadbirkorning olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi 37 ta murojaati tinglandi. Qabul davomida murojaatlarning 6 tasini ijobiy hal etish maqsadida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan 31 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijro muddatlari belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.