Shtab muhokamasi: Kunlik ko‘rsatkichlar, kommunal soha va boshqa masalalar tahlili
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat Shtabining navbatdagi muhokamasi o‘tkazildi. Unda markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbalari, aloqador tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirok etishdi.
Kunlik belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi hamda ko‘rsatkichlarning bajarilishi, har bir yo‘nalish bo‘yicha majmualar kesimida mutasaddilarning amalga oshirgan ishlari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.
- Davlatimiz rahbari har bir kompleks bo‘yicha 2024 yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazib, muhim topshiriqlarni belgilab bermoqda. O‘tgan yil yakunlarida ayrim rejalarimizni bajarilishida qiyinchiliklar va muammolar yuzaga keldi. Shunga asosan har bir yo‘nalish bo‘yicha, majmualar, sohalar hamda hududlar kesimida kunlik so‘rov bo‘ladi. Shu orqali o‘tgan yildagi kamchiliklarimizdan hulosa qilib, joriy yilda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlaymiz. Bunda har bir mas’uldan qat’iy ijro intizomi talab qilinadi – deya ta’kidladi viloyat rahbari.
Shuningdek, yig‘ilish davomida kommunal soha, jumladan, elektr energiya, gaz va ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar hamda qarzdorliklarni bartaraf etish, budjet tushumlarining bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Tarmoq va hududlar rahbarlariga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
1 izoh