Xitoy kompaniyalari Surxondaryoda qator loyihalarni amalga oshiradi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Tashrifning birinchi kunida qator kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan, “Kezhou Congling Industrial Co., Ltd” kompaniyasi bilan yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
“Jia Xing Rui Xu Trade Ltd” kompaniyasi Termiz shahrida “City” qurish loyihasi;
“Power Uhuru Share Ltd” kompaniyasi bilan temir rudasi va volfram qazib olish, qayta ishlash, sog‘liqni saqlash, infratuzilma hamda muqobil energiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
“BEIXIN ROAD&BRIDGE” kompaniyasi bilan M-41 xalqaro magistral yo‘lini davlat-xususiy sherikchilik asosida rekonstruksiya qilish, Amuzang-1 va Amuzang-2 kanallarini ta’mirlash loyihalari;
“XINJIANG URBAN CONSTRUCTION Co., Ltd” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida oqava suv tizimlarini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini qurish;
“Xinjiang Risike Import and Trade Co., Ltd” kompaniyasi bilan Urumchi-Termiz savdo uyini tashkil etish;
«Xinjiang Lihua Group» kompaniyasi bilan tekstil klasterini tashkil etish, yerlarni o‘zlashtirish, chigit urug‘chiligini rivojlantirish loyihasi;
«YI WU DONG MACHINERY EQUIPMENT» kompaniyasi bilan metalni qayta ishlash va metal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
«Hebei Yishun Supply Chain Management Co., Ltd. » kompaniyasi bilan logistika markazini tashkil etish loyihalari yuzasidan muhokama va muzokaralar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar yakuni qator kelishuvlarga erishildi hamda shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Xitoy provinsiyalari gubernatorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyamizning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz