Hokimlik soati: Murojaatlar va topshiriqlar ijrosi, tarmoqlarni raqamlashtirish, yoshlarni “IT” va nemis tillariga o‘qitish masalalari muhokamasi
Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish, berilgan topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “IT” sohasida korxonalar faoliyati va dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, budjet tushumlarini ta’minlash hamda Termiz shahridagi ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi tahlili yuzasidan navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda markaziy va hududiy studiyalardan viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, hokimliklar apparati xodimlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Har bir masala yuzasidan hududlar, tarmoq va sohalar mutasaddilarining axborotlari tinglanib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, Germaniya davlati bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 3 000 nafar vohalik yoshlarni yuqori daromadli ishlarga yuborish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, shahar hududidagi ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini qisqa muddatda yakunlash vazifasi topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz