Surxondaryoda Vengriya davlati bilan hamkorlikda baliqchilik rivojlantiriladi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga tashrif buyurgan Vengriya elchisining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Yanosh Vanik hamda “HUNBAS” kompaniyasi direktori Jozef Kovachni qabul qildi.
Uchrashuvda Vengriya elchisining avvalgi tashriflarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, baliqchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Surxondaryo va Vengriyaning Chongrad-Chanad viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Vengriyaning baliq yetishtirishdagi ilg‘or tajribasi asosida vohamizda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, mehmonlar bilan Termiz tumanidagi “Ekoturizm” maskanida viloyatimizning 40 dan ortiq baliqchilik sohasidagi tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Birgalikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz